Urganch shahri go`zal va jannatmakon mustaqil O`zbekistonimizning go`zal viloyatlaridan biri Xorazm viloyatining markazi. Urganch mustaqillik davrida tanib bo`lmas darajada o`zgardi.Katta qurilishlar obodonchilik ishlari,ravon ko`chalar,  xiyobonu binolar,Jahon darajasiga to`liq javob beradigan maktablar, kasb-hunar kollejlari,universitetlarni qad ko'tardi .

“UZTEX SHOVOT” JAHON BOZORIDA O‘Z O‘RNINI EGALLAMOQDA

on .

Mustaqillik yillarida nafaqat viloyat markazlarida balki qishloqlarda ham sanoat, ayniqsa engil sanoat tez sur’atlar bilan rivojlana boshlandi. Buni tumanimiz misolida ham ko‘rish mumkin. Tumanimizda qurilib, ishga tushirilgan va eng zamonaviy dastgohlar, texnologiyalar bilan jixozlangan “UZTEX SNOVOT” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasini yoshlar katta quvonch bilan kutib olishdi. Bu bejiz emas. Kasb-hunar kollejlarini bitkazgan yoshlarning ko‘pchiligi korxonaga ishga kelishdi.
 
 
 
Bugungi kunda jamoamizda 400 nafardan ziyod yoshlar mehnat qilib, ular dastgohlarni mohirlik bilan boshqarmoqdalar. Korxona yiliga  6200 tonna paxta tolasidan 5 ming tonna tayyor ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ishchi-xizmatchilarning unumli mehnat qilishlari, dam olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ishchilar maxsus kiyim-kechaklar , har kuni uch mahal bepul issiq ovqat, ishga katnashlari uchun bepul transport vositasi bilan ta’minlangan. Kelgusi yil faoliyatimizni kengaytirib, 800 ga yaqin ish o‘rinlarini ochamiz. O‘zimizning zaminimizda etishtirilgan xom ashyodan sifatli, tayyor maxsulotlar ishlab chiqarish xajmini yanada oshiramiz.