Urganch shahri go`zal va jannatmakon mustaqil O`zbekistonimizning go`zal viloyatlaridan biri Xorazm viloyatining markazi. Urganch mustaqillik davrida tanib bo`lmas darajada o`zgardi.Katta qurilishlar obodonchilik ishlari,ravon ko`chalar,  xiyobonu binolar,Jahon darajasiga to`liq javob beradigan maktablar, kasb-hunar kollejlari,universitetlarni qad ko'tardi .

MEN BIRINCHI MARTA OVOZ BERAMAN

on .

Joriy yilning 4 dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Xorazm viloyatidagi 30 mingdan ziyod yoshlar birinchi marta ovoz beradi.

 

Xorazm viloyatidagi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarida saylovlarda ilk bor qatnashadigan yoshlar ishtirokida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. "Bugun o‘quvchi – ertaga saylovchi”, "Sening ovozing hal qiluvchi ahamiyatga ega”, "Men birinchi marta ovoz beraman!” shiorlari ostidagi tarqatma materiallar, joylarda o‘rnatilgan targ‘ibot bannerlari yoshlarni saylov qonunchiligi bilan yaqindan tanishtirish barobarida ularning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 12-Xorazm okrug saylov komissiyasi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan tadbirlarda "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun va so‘ngi yillarda unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati, saylovchilarning Konistitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklari haqida atroflicha ma’lumot berilmoqda.

Mamlakatimiz hayotida muhim ahamiyatga ega ushbu siyosiy tadbirda Hazorasp tumanidagi Tuproqqal’a xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Baxtjon Olimboev ham ilk bor qatnashadi.

-Men yaqinda o‘n sakkiz yoshga to‘ldim. Saylov kuni o‘z konistitutsiyaviy huquqimdan to‘liq foydalanaman, - deydi B.Olimboev. – Kollejimizda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etayotgan tajribali mutaxassislarning ma’ruzalaridan saylov borasidagi huquqiy bilimimizni oshirmoqdamiz. Saylov kuni o'zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz beraman.

A.SHOKIROV.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 9 noyabr №92.