Urganch shahri go`zal va jannatmakon mustaqil O`zbekistonimizning go`zal viloyatlaridan biri Xorazm viloyatining markazi. Urganch mustaqillik davrida tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Katta qurilishlar, obodonchilik ishlari, ravon ko`chalar,  xiyobonu binolar, jahon darajasiga to`liq javob beradigan maktablar, kasb-hunar kollejlari, universitetlarni qad ko'tardi .

O‘zbekiston senatorlari amnistiya to‘g‘risida qaror qabul qildi

on .

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati 12-oktabr, chorshanba kungi yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb yozadi “1news.uz”.

2016-10-12        15:21:40

 

Amnistiya to‘g‘risidagi masala parlament yuqori palatasiga avvalroq    
O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidankiritilgan edi.

Senatorlar tomonidan tasdiqlangan amnistiya to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, 60 yoshdan oshgan erkaklar, chet davlatlar fuqarolari, I va II guruh nogironlari, faol shakldagi sil kasalligi bemorlarini jazodan ozod qilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar, shuningdek, jazo muddati tugashiga uch yildan kam vaqt qolgan shaxslar jazodan ozod qilinadi.

Qasddan qilingan jinoyatlar uchun o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan va amnistiya to‘g‘risidagi akt bo‘yicha ozod qilinmaydigan shaxslarning o‘talmagan jazo muddatining uchdan bir qismini, o‘n yildan ko‘proq muddatga hukm qilinganlarning — to‘rtdan bir qismini qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, yaxshi tomonga o‘zgarish yo‘liga qat’iy tarzda o‘tgan, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ularning tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoatchilik xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni sodir etgan uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar jazodan ozod etiladi.

Amnistiya uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan, jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan, jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan, afv etish yoki amnistiya tartibida ilgari jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga, shuningdek o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.