Urganch shahri go`zal va jannatmakon mustaqil O`zbekistonimizning go`zal viloyatlaridan biri Xorazm viloyatining markazi. Urganch mustaqillik davrida tanib bo`lmas darajada o`zgardi.Katta qurilishlar obodonchilik ishlari,ravon ko`chalar,  xiyobonu binolar,Jahon darajasiga to`liq javob beradigan maktablar, kasb-hunar kollejlari,universitetlarni qad ko'tardi .

“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni egalari ma’lum bo‘ldi

on .

23-avgust kuni “‘O‘zbekiston qahramoni’ unvonini berish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Hujjat matnini O‘zA keltirmoqda.

 

“Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga ‘O‘zbekiston Qahramoni’ unvoni berilib, oliy nishon — ‘Oltin yulduz’ medali topshirilsin”, — deyiladi farmonda.

Hujjatga muvofiq, quyidagilar “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga ega bo‘ldi:

Kurbanov Ravshanbek Davletovich — “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” aksiyadorlik jamiyati direktori;

Rajabov Sharipboy — Bog‘ot tumanidagi “Bog‘ot” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati;

Ummatov Erkin Raxmanovich — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish direksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari — “Angren – Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlig‘i;

Sharapova Muxabbat Arapovna — Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi.