Urganch shahri go`zal va jannatmakon mustaqil O`zbekistonimizning go`zal viloyatlaridan biri Xorazm viloyatining markazi. Urganch mustaqillik davrida tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Katta qurilishlar, obodonchilik ishlari, ravon ko`chalar,  xiyobonu binolar, jahon darajasiga to`liq javob beradigan maktablar, kasb-hunar kollejlari, universitetlarni qad ko'tardi .

Farg’onada bo’lib o’tadigan “Universida-2016” sport musobaqalari mintaqaviy bosqichida ishtirok etish uchun Nukus shaxriga Xorazm viloyati terma jamoasini kuzatish marosimi

on .

2016 yil 7 aprel kuni Urganch davlat universitetida Farg’onada

bo’lib o’tadigan “Universida-2016” sport musobaqalari mintaqaviy bosqichida ishtirok etish uchun Nukus shaxriga Xorazm viloyati terma jamoasini kuzatish marosimi o’tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimining birinchi o’rinbosari Sh.Yu.Xo’janiyozova, Xorazm viloyati hokimining o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi S.S.Abdukarimova va mehnat faxriylari va jamoat tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

“Universiada-2016” sport musobaqalarining sport o’yinlarining 5 turidan futbol, voleybol, basketbol, qo’l to’pi (erkak va ayollar jamoalar o’rtasida), boks bo’yicha hududiy saralash bosqichi joriy yilning 7-10 aprel kunlari Nukus shaxrida o’tkaziladi.

Tadbirda sportchi talaba-yoshlarga yaxshi natijalarni qo’lga kiritishida omad tiladilar.

2016-04-8    16:52:09