Urganch shahri go`zal va jannatmakon mustaqil O`zbekistonimizning go`zal viloyatlaridan biri Xorazm viloyatining markazi. Urganch mustaqillik davrida tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Katta qurilishlar, obodonchilik ishlari, ravon ko`chalar,  xiyobonu binolar, jahon darajasiga to`liq javob beradigan maktablar, kasb-hunar kollejlari, universitetlarni qad ko'tardi .

XORAZMDA QOVUN SAYLI

on .

Xiva shaxrida an’anaviy qovun sayli o‘tkazildi. “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyatning har bir tumanidan kelgan fermerlar o‘zlari yetishtirgan zamin ne’matlari bilan qatnashdi.

 

 
 
 Sayilga tashrif buyurgan mehmon va xorijiy sayyohlar “Oq novvot”, “Obinovvot”, “Xiva beshagi”, “Qariqiz”, “Shirinpechak” kabi qovun navlaridan tatib ko‘rdilar.
 
 
 
- Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, dovrug‘i Mag‘ribu Mashriqqa yoyilgan qovunlarimizni chet ellik sayyohlar o‘rtasida  yanada keng targ‘ib qilishdir, - deydi Xorazm viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i Shokir Madaminov. - Quvonarlisi, yo‘qolib borayotgan ba’zi qovun navlarining qayta tiklanganiga ham guvoh bo‘ldik. Shuningdek, sayil doirasida boshqa turdagi poliz mahsulotlari va mevalar ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.
 
 
 
Tadbir yakunida sayilda eng faol ishtirok etgan, Xorazm qovunchiligi sohasini rivojlantirishga munosib ulush qo‘shgan dehqonlar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi. “Xorazm” va “Xiva” folklor-etnografik ansambillarining teatrlashtirilgan chiqishlari sayilga o‘zgacha joziba va mazmun bag‘ishladi.