ЎЗБ / O'ZB / РУС / ENG                 Махсус имкониятлар

Rasmiy munosabat


Ijtimoiy tarmoqda "Urganch shahar "Oltin voha" ko'chasida spektakllar davom etyaptimi?" nomli video tarqaldi.
Mazkur video yuzasidan Urganch shahar hokimligi axborot xizmati shuni maʼlum qiladi:
Barchaga maʼlumki, ayni kunlarda "Obod mahalla" doirasida shahrimizning "Ziyokorlar" mahallasidagi ichki ko'chalarida taʼmirlash ishlari ketmoqda.
Yo'llarga yotqizilayotgan toshlar "HOWO" 60 tonnalik yuk mashinasida olib kelinadi. Ammo, ushbu yuk mashinasi taʼmirlanayotgan ko'chaga kira olmasligi sababli, toshlar murojaatda ko'rsatilgan ko'chaga to'kilib kelingan. Ushbu to'kilgan toshlar taʼmirlash ishlari olib borilayotgan ichki ko'chaga "MAH" 20 tonnalik yuk mashinasida tashilmoqda.
Bu yerda hech qanday tomosha, o'girlik sodir bo'lmayapti.

️Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan ishchilarning mehnatini hurmat qilgan holda yolg'on axborot tarqatmasligingizni so'raymiz. Bu haqida xolis maʼlumotlar @urganchshahar_uz rasmiy telegram kanalida berib borilmoqda.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

Сана: 06.08.2021 10:47
0
472
Тепага чиқиш